“Motor” nashri Afrika qit’asida taksi sifatida foydalaniladigan eski avtomobillarning haqida ma’lumot berib, ularning suratlarini taqdim qildi.
Yevropada 1968–1983-yillar davomida xizmat qilgan Fransiyaning Peugeot 504 modeli Keniya va Nigeriyada yig‘ilgan. Aynan shu yerdan mazkur mashina butun Afrika bo‘ylab tarqalgan. Quyidagi surat Misrda olingan.
Bunisi esa Marokashda.
Bundan avval Keniyada 1991-yilgacha Peugeot 404 modeli ishlab chiqarilgan. Ushbu avtomobil taksi sifatida tanilgan. Peugeot 404 ni Tunisda uchratish mumkin.
Karib inqirozi va Vyetnamdagi urushni ko‘rgan ushbu Peugeot’lar esa yuk tashuvchi taksiga aylantirilgan.
Marokashda Mercedes avtomobillari taksi sifatida keng qo‘llaniladi. Ushbu mamlakatga kelgan insonning ko‘zi aynan mana shunday taksilarga tushadi.
1990-yillarda Mercedes’larni Yevropadan O‘rtayer dengizi orqali Afrikaga olib kirish foydali biznes bo‘lgan.
Mercedes 190 Kongo mamlakatigacha ham yetib borgan.
Afrikada mashinalarning og‘ir yuklarni ko‘tarib yurishi ko‘proq qadrlanadi. Datsun bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Bu esa Gambiya poytaxti Banjul. Eng orqa planda Zimbabveda ishlab chiqarilgan Peugeot 405, oldinda esa Yevropadan olib kelingan eng arzon Mercedes-Benz 190, Renault 19 va Ford Granada.
Xorijiy harbiy missiyalar merosi – tanib bo‘lmaydigan juda eski “Jip”. Yengil mashinalardan olingan g‘ildiraklar uning harbiy qaddini yo‘qotishiga xizmat qildi.
Markaziy Afrika Respublikasidagi ushbu mashina hamon yaxshi holatda. Ammo u taksi yoki avtobus sifatida ishlatilayotgani aniq emas.
Bu esa Efiopiya poytaxti Addis-Abeba va Afrikada yig‘ilgan Fiat’larning turli avlodlari. Suratda o‘lmas Toyota’ni ham ko‘rish mumkin.
Yana bir beshta kam klassika – Lagosda foydalanilayotgan Volkswagen Golf’ning ikkinchi avlodi. Mazkur mashina taxminan 30 yoshdan oshgan.
Afrikada mahalliy aholi yo‘lovchi tashuvchi mashinalarni taksidan afzal ko‘radi. Suratda Volkswagen Transporter T3.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)