Bolgariyaning Mixed Motion Project loyihasi 2D RUN deb nomlangan rolikni namoyish etdi. U uchuvchisiz uchar qurilma yordamida ikki o‘lchamli o‘yin uslubida olingan. Rolikni Kotaku nashri taqdim etdi, deb yozadi TJournal.
Qo‘shma loyiha Diffraction, Astro Kit va LEAP kompaniyalarini birlashtirdi. Rolik qahramoni binolarning tomi, qurilish kranlari, avtomobillar ustidan yugurib o‘tadi, qoyaga ko‘tariladi, qo‘ylarni yugurtiradi va ensiz kanal bo‘ylab doskada sirpanadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)