Braziliya terma jamoasi va “Barselona” klubning afsonaviy futbolchisi Rivaldo klub bazasida tashkil etilgan uchrashuvda ishtirok etdi. U soch, soqol va yasama burun yopishtirgan holda kataloniyalik muxlislarni kalaka qildi, deb xabar bermoqda TJournal.
44 yoshli futbolchining jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Roberto da Silva taxallusi ostida maydonda harakat qilgan Rivaldo o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Shundan keyin Rivaldo grimini olib tashladi va muxlislar hayratga tushdi. “Rivaldoning sovg‘asi fantastik bo‘ldi”, – dedi uchrashuv ishtirokchilaridan biri.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)