Yaponiyaning All Nippon Airways kompaniyasiga qarashli samolyot uchish-qo‘nish tasmasidan chiqib ketib, qor uyumiga kirib qoldi. Bu haqda Regnum xabar bermoqda.
Voqea Xokkaydo orolida ro‘y berdi. Samolyot Titose aeroportida qo‘nayotgan edi. NHK voqea aks etgan videoni e’lon qildi.
Havo kemasi bortida 25 kishi bor edi. Ularning hech biriga zarar yetmadi.
Voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.