Och rangdagi sochlarni odatda bo‘yash ham osonroq. Biroq qora rangli soch sohibalari bundan sira umidsizlikka tushmasligi lozim. Siz uchun stilistlar ko‘plab qiziqarli yechimlarni tayyorlashgan. Agar o‘zgarishga qaror qilgan bo‘lsangiz, unda yorqin tomonga o‘zgarish kerak, shunday emasmi?
To‘q shokolad rang — azaliy klassika va mavsumning shubhasiz trendi. To‘q rangdagi bo‘yoqni tanlab, sochlaringizni Megan Foks yoki Anjelina Joliniki kabi rangga kiriting. Muhimi, sifatli bo‘yoqni tanlang va bo‘yash haqidagi barcha qoidalarga rioya qiling yoki professionallarga murojaat qiling.
Karamel rang — haqiqatan ham “shirin” rang bo‘lib, oqish yuz terisiga ega bo‘lganlar bilan birga qorachadan kelganlar uchun ham birdek yarashadi. Chyolkali klassik soch turmagi bilan uyg‘unlikda u sizni 10—15 yilga yoshartiradi!
“Ombre” — yangi mavsumni ko‘pchilikka ma’qul kelgan uslubsiz tasavvur qilish qiyin. Bu texnika hamon aktualligini yo‘qotmadi. “Ombre” har qanday uzunlikdagi sochlarda zamonaviy ko‘rinish kasb etadi.
Brond — qora rang soch sohibalari ko‘proq aynan shu xizmat uchun go‘zallik salonlariga murojaat qiladi. Sochlarni bo‘yashning mazkur usuli to‘q ranglardan (soch ildizlarida) sekin-asta ochroq rangga (uchlarida) o‘tishni ko‘zda tutadi. U o‘rtacha va uzun sochlar uchun mos keladi. Bu xizmat arzon turmaydi, biroq o‘zingiz ham sochlaringizni shu tarzda bo‘yashga urinib ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun o‘rgatuvchi videolarni tomosha qilish va go‘zallik haqidagi bloglar tavsiyalarini o‘qib chiqish kerak bo‘ladi.
Izoh (0)