18-yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) O‘zbekistondagi koordinatori Jon S. MakGregor bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muloqot chog‘ida 2016-yilda hamkorlik yakunlari sarhisob qilindi hamda 2017-yilda aloqalarni avvalo qo‘shma loyihalarni amalga oshirish sohalarida rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Suhbat davomida O‘zbekiston va YXHT munosabatlarining boshqa dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)