18-yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Ummon sultonligi elchisi Muhammad bin Said bin al-Lavati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning joriy masalalari hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, jumladan, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzurida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi kutubxonasining yangi binosi qurish ishlarining borishi muhokama qilindi.