London poyezdi temiryo‘l bo‘ylab sayr qilayotgan oqqush tufayli sekin-asta harakatlanishga majbur bo‘ldi, deb yozadi TJournal.
Londonning ma’muriy qismiga kiruvchi Teddington shahrida tonggi 9:30 atrofida temiryo‘lga oqqush chiqib oldi. Oqibatda uning ortida harakatlanayotgan poyezd mashinisti uch kilometrga yaqin masofani past tezlikda bosib o‘tishga majbur bo‘ldi.
Platformada transport vositasini kutayotgan kishilar oqqush va uning ortidan sekin harakatlanayotgan poyezdni ko‘rib, kula boshladi va yuz bergan hodisani suratga tushirdi.
Bundan norozi bo‘lganlar ham topildi — bir erkak relsga sakrab qushni cho‘chitishga urindi. Biroq oqqush unga parvo qilmasdan, sayrni davom ettirdi.
Hodisa boshlangandan taxminan bir soatdan so‘ng temiryo‘l xizmati xodimlari qushni yo‘ldan oldi va poyezd odatdagi rejimda ishini davom ettirdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)