Ostonada muxolifat bilan bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda Suriya hukumati delegatsiyasiga mamlakatning BMTdagi doimiy vakili Bashar al-Ja’fariy boshchilik qiladi. Bu haqda “RIA Novosti” o‘z manbalariga tayanib ma’lum qilmoqda.
Uchrashuv 23-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Bir muddat ilgari Suriya qurolli muxolifati vakili muxolif kuchlar mazkur uchrashuvda ishtirok etish muhimligi borasida kelishuvga erishganini hamda u yerga o‘zlarining yagona delegatsiyasini yo‘llashini bildirgan edi.
Izoh (0)