Xaski turiga mansub hali yosh ikki it — Niko va Taj fotosuratchi Jastin Majechki va uning veterinar xotini Kedi bilan birga AQSh bo‘ylab sayohat qilmoqda, deb yozadi Meduza.
Oila mamlakat bo‘ylab Jastin va Kedi tomonidan “g‘ildirakli uy”ga aylantirilgan furgonda safar qilmoqda.
Majechkilar oilasi Kaliforniyadan yo‘lga chiqqan bo‘lib, hozir Pensilvaniyaga yetib kelgan — bu ikki shtat oralig‘idagi masofa qariyb 4 ming kilometrni tashkil etadi. Jastinning ma’lum qilishicha, sayohatdan ko‘ra unga tayyorgarlik ko‘rish og‘irroq kechgan edi.
Egalarining so‘zlariga ko‘ra, Niko va Taj — muloqotni xush ko‘radigan va yoqimtoy itlardir.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)