Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi to‘g‘risidagi kelishuv mamlakat parlamentining ikki palatasida ovozga qo‘yiladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Tereza Mey Londondagi Lankaster-xaus qarorgohida Brexit yuzasidan bergan axborotida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
“Bugun shuni tasdiqlay olamanki, hukumat kelishuvning yakuniy variantini parlamentda ovozga qo‘yadi”, — dedi u.
Ilgariroq mamlakat Oliy sudi Lissabon kelishuvining Yevroittifoqdan chiqish to‘g‘risidagi 50-moddasidan Buyuk Britaniya hukumati parlament roziligisiz foydalana olmasligini belgilagan edi. Ayni kunlarda sud hukumat apellyatsiyasini ko‘rib chiqmoqda.
Izoh (0)