NATO alyansi taqdiri yevropaliklar qo‘lidadir. Germaniya kansleri Angela Merkel AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp muqaddam NATO haqida bildirgan fikrlarga shunday izoh berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
“O‘ylaymanki, biz, yevropaliklarning taqdirimiz o‘zimizning qo‘limizdadir”, — qo‘shimcha qildi Germaniya yetakchisi.
Bir muddat ilgari Tramp NATO eskirib qolgan tuzilma ekanligi haqida bayonot bergan, AQShning alyansdagi ishtirokini kamaytirish niyatini bildirib, yevropaliklarni o‘zlarini o‘zlari himoya qilishga chaqirgan edi.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayer, o‘z navbatida, Trampning NATO ishtirokchilari moliyaviy majburiyatlarini bajarmagani haqidagi ayblovlaridan hayron ekanligini tan oldi.
Izoh (0)