“Moskva”ning “Domodedovo” aeroportida samolyot yuklovchi mashina bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda, “Interfaks”ning favqulodda xizmatlardagi manbalariga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Saratovga uchishi lozim bo‘lgan An-148 yuklovchi mashina bilan to‘qnashgani oqibatida uning qanoti zarar ko‘rgan.
Hech kim jabr ko‘rmadi, yo‘lovchilar samolyotdan evakuatsiya qilindi.
Dastlabki xulosalarga ko‘ra, to‘qnashuvga havo kemasini boshqarish sxemasi buzilishi sabab bo‘lgan.