AQSh go‘zallik tanlovining sobiq g‘olibasi Nikol Potit yigitiga hujum qilishda ayblandi va sudga chaqirildi. Bu haqda 12-yanvar, chorshanba kuni “News.com.au” sayti ma’lum qildi.
Ish Sidney (Avstraliya) sudida ko‘rib chiqilmoqda. Hodisa qurbonining bayonotiga ko‘ra, hujum 2016-yilning 16-dekabrida yuz bergan. 29 yoshli qiz yigitga hujum qilib, unga tan jarohatlari yetkazganligi ta’kidlanmoqda.
2013-yilda Potit o‘sha vaqtda uchrashayotgan yigitini kaltaklaganligi uchun qo‘lga olingan edi. Sudda jabrlanuvchi nima yuz berganligini tushuntirib berolmaganligi uchun go‘zallik qirolichasi oqlangan.
Potit 2012-yilda “AQSh go‘zali” tanlovida g‘olib bo‘lgan edi. U Facebook’dagi sahifasiga “AQSh piyonista xonimi” degan yozuvli futbolkadagi suratini joylagandan keyin uni maqomdan mahrum qilishgan va tojni qaytarishni so‘rashgan.
U 2014-yilda Avstraliyaga ko‘chib o‘tdi va kadrlar tanlash bo‘yicha mutaxassis sifatida ishlay boshladi.
Avvalroq Italiyada go‘zallik tanlovi g‘olibasi bo‘lgan qizga sobiq yigiti kislota sepgani xabar berilgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)