AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden Ukrainaga amalga oshirishi lozim bo‘lgan safarni 16-yanvarga ko‘chirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Baydenning Kiyevga tashrifi dushanbaga ko‘chirildi”, — dedi “Ukrainskiye novosti” agentligining manbalari.
Baydenning Ukrainaga tashrifi chog‘ida uning mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenko bilan uchrashuvi mo‘ljallangan edi. Ammo uchrashuv 15-yanvarga rejalashtirayotgan edi.