Avstraliya sog‘liqni saqlash va sport vaziri Syuzan Li davlat mablag‘larini maqsadsiz sarflaganlikda ayblanganidan so‘ng iste’fo berganini ma’lum qildi. 2015-yili u hujjatlarda xizmat safari deb ko‘rsatgan holda bir necha shaxsiy safar amalga oshirgan edi, deb xabar beradi TJournal.
Avstraliyada bu masala bilan bog‘liq janjal 2017-yil yanvarining boshida ko‘tarildi. O‘shanda u xizmat safari bahonasida Kvinslend shtatidagi Gold Coast kurortiga borgani ma’lum bo‘ldi.
Shunday safarlardan birida Li xonim 795 ming dollarlik ko‘chmas mulk xarid qildi.
Vazirning o‘zi bunday xarid oldindan rejalashtirilmaganini aytmoqda. Shuningdek, u lavozimda o‘tirganida axloq-odob me’yorlaridan tashqariga chiqmaganini, ammo janjal hukumat obro‘ini shubha ostiga qo‘ygani uchun ishdan bo‘shashga qaror qilganini ta’kidladi.
Izoh (0)