Bu maqolada sochlarni uy sharoitida turmaklashda nimalarga alohida e’tibor berish zarurligi to‘g‘risida mutaxassislar maslahati bilan tanishasiz.

Foto: Shutterstock

Foto: Shutterstock

Quritish qoidalari:

  • Quvvati kamida 1800 vatt bo‘lgan, bir necha xil harorat rejimlariga ega va tezlikda quritish funksiyali fen tanlang. Quritish vaqtida o‘rtacha haroratda, turmaklashda esa yuqori harorat rejimida ishlating.
  • Soch turmagi shaklini va hajmini yaxshiroq ushlash uchun turmaklash oxirida sovuq havo rejimidan foydalanishni unutmang.
  • Uzun sochlarni quritishda qisqichlardan foydalansangiz ishingiz osonlashadi.
  • Tabiiy jingalak sochlar quruq bo‘lgani uchun yuqori haroratda quritish yaramaydi.
  • Sochlar va fen orasi 10—15 sm bo‘lishi kerak.
  • Quritishdan oldin issiqlikdan himoyalovchi vositalardan foydalaning. Qalin va bo‘ysunmaydigan sochlar uchun mum yoki yuvilmaydigan kremlar, ingichka sochlar uchun esa ko‘pik yoki muss ishlatsangiz bo‘ladi.

Turmaklash qoidalari:

  • Sochingizni yuvib sochiq bilan artganingizdan so‘ng, 80 foizgacha quriting. Keyin esa orqa sochlaringizni tepaga ko‘tarib, sochning har bir tutamini alohida-alohida yuqori harorat rejimida, havo yo‘nalishini pastdan yuqoriga qilib quriting.
  • Tepa sochlarni boshingizni egib, ildizidan uchiga qaratib quriting.
  • Oxirida old sochlaringizni quriting va lak seping.