“Xabbl” astronomik observatoriyaning ACS kamerasi g‘ayrioddiy qora tuynuk suratini oldi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. U taratayotgan nur obyektning turi va hajmiga mos emas.

Foto: NASA

Foto: NASA

Surat markazida RXJ1140.1+0307 spiral galaktikasini ko‘rish mumkin. U Yerdan qariyb bir milliard yorug‘lik yili masofasida joylashgan.

Olimlar ta’kidlashicha, agar olingan ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, ushbu galaktika markazidagi qora tuynuk fizika qonunlariga zid keladi. Galaktika hajmi eng kichik bo‘lgan qora tuynuklardan birining atrofida joylashgan, ammo taralayotgan yorug‘lik ancha yirikroq obyektga muvofiq keladi.

Taxmin qilinishicha, qora tuynukni galaktika ichida qoplab turgan akkretsiya diskining ichki va tashqi qismlari oralig‘ida alohida o‘zaro ta’sir mexanizmlari amal qiladi. Ular haqida hozircha deyarli hech narsa ma’lum emas, mutaxassislar esa galaktikadagi ushbu hodisaga aniqlik kiritishga intilmoqda.