Uorren Baffett o‘zi haqidagi filmda “Makdonalds” nonushtalarida tejashini ma’lum qildi (video)

Amerikalik milliarder Uorren Baffett haqidagi “Uorren Baffettga aylanish” nomli hujjatli film treyleri chiqdi. Unda mashhur boyvachcha bozorlar tushgan paytda “Makdonalds” nonushtalarida tejash odati haqida gapirib berdi. Film 2017-yil 30-yanvarda HBO onlayn-kinoteatri orqali namoyish qilinadi, deb xabar beradi TJournal.

Foto: “Telegraf”

Foto: “Telegraf”

Rolikda Baffett “MakAvto” restoranida nonushta sotib olishi tasvirlangan. Shu kadrdan so‘ng u bozorlar qulagan payti qanday taom tanlashi haqida hikoya qiladi.

“Iltimos, menga kotletali, tuxumli va pishloqli ‘MakMaffin’. Bekon, tuxum va pishloqli ‘MakMaffin’ 3,17 dollar turadi, lekin bugun bozor tushmoqda, shu bois men uni olmayman, 2,95 dollarlik olaman”, — deydi investor.

Baffett bir necha yildan buyon “Makdonalds” restoranlarida umrining oxirigacha bepul ovqatlanish huquqini beradigan kartaga egadir. Lekin u faqat Omaxa shahrida amal qiladi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing