Turkiya rasmiylari Suriya shimolida bedarak yo‘qolgan ikki askar halok bo‘lganini tasdiqladi

Turkiya rasmiylari o‘tgan yil noyabr oyi oxirlarida Suriyada bedarak yo‘qolgan ikki harbiy xizmatchi halok bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda

Foto: Anadolu

Foto: Anadolu

Harbiylarning o‘limi sabablari oshkor etilmadi. Anadolu agentligining xavfsizlik kuchlaridagi manbasi IShIDning asir olingan ikki harbiy tiriklayin yoqib yuborilgani haqidagi bayonotiga izoh bermadi. 

Ikki serjant 29-noyabr — Suriya shimolidagi Al-Bob shahrini IShID jangarilaridan ozod etish bo‘yicha operatsiyadan beri bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida edi. Harbiylar jasadi G‘oziantep shahriga yetkazilgani va dafn etish uchun tug‘ilgan viloyatlariga yuborilishi bildirildi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing