Tramp: Rossiya menga ta’sir o‘tkazishga harakat qilmagan

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Rossiya hech qachon unga ta’sir o‘tkazishga harakat qilmaganini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Muqaddam OAVda Trampning g‘alabasiga Rossiya maxsus xizmatlari bevosita ta’sir o‘tkazgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bo‘lajak davlat rahbari bu xabarlarga izoh berib o‘tdi.

“Rossiya hech qachon menga qarshi biror-bir ta’sir o‘tkazishga harakat qilgan emas. Mening Rossiya bilan hech qanaqa ishim yo‘q: kelishuvlarim, qarzlarim, hech narsa”, — deb yozdi Tramp.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing