Mundial evolyutsiyasi. Jahon chempionatlarida ishtirok etuvchi mamlakatlar soni qanday oshib borgan?

Xalqaro futbol uyushmasi FIFA 2026-yildan boshlab jahon chempionatida 48 ta terma jamoa ishtirok etishini ma’lum qildi. “Championat.asia” nashri mundial start olgan 1930-yildan boshlab unda ishtirokchi mamlakatlar qanday qilib ko‘payib borganiga e’tibor qaratdi.

Urugvay—1930

Foto: “Championat.asia”

Foto: “Championat.asia”

Ilk bor jahon chempionati Urugvayda bo‘lib o‘tgan va unda mezbonlarning o‘zi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. O‘shanda ishtirokchilar soni bor-yo‘g‘i 13 tani tashkil qilgandi: Urugvay, Argentina, Chili, Fransiya, Meksika, Yugoslaviya, Braziliya, Boliviya, Ruminiya, Peru, AQSh, Paragvay va Belgiya.

Italiya—1934

Foto: “Championat.asia”

Foto: “Championat.asia”

Bu safar ham g‘oliblik mezbonlarga nasib qildi. Amaldagi chempion Urugvay tashrif buyurmagan mundialda ishtirokchilar soni 16 tani tashkil qildi.

Ispaniya—1982

Foto: “Championat.asia”

Foto: “Championat.asia”

Italiyadagi ikkinchi jahon chempionatidan 48 yil o‘tibgina mundialda ishtirok etuvchi jamoalar sonida o‘zgarish yuz berdi. O‘sha vaqtda hech kim 48 talik yo‘llanmani tasavvur qila olmasdi. Ispaniyadagi chempionat Italiyaning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. O‘shanda 24 ta mamlakat g‘oliblik uchun kurash olib borgandi.

Fransiya—1998

Foto: “Championat.asia”

Foto: “Championat.asia”

Bunisi yaqin o‘tmish. Braziliyaning finalda 3:0 hisobida mag‘lub etilganini ko‘pchilik eslaydi. “Real”ning bugungi kundagi bosh murabbiyi Zidan 2 ta gol urgandi o‘shanda. Fransiya ilk bor 32 ta jamoa ishtirok etgan jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan.

JCh—2026

Yana ikkita jahon chempionatida 32 ta terma jamoa ishtirok etadi: Rossiya—2018 va Qatar—2022. Shundan so‘ng biz jahon chempionatlarida 48 ta terma jamoani ko‘ra boshlaymiz.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing