“Mikrokreditbank”: Har bir xonadonga boramiz

Hurmatli yurtdoshlar, uyingizga bank xodimi kelib kredit xizmatlari borasida ma’lumot taqdim etyaptimi? Bundan samarali foydalaning. O‘z biznesingizni bugundan boshlang!

Foto: “Mikrokreditbank”

Foto: “Mikrokreditbank”

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki 2017-yil mamlakatda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlanishi munosabati bilan yurtimizda tadbirkorlar safini yanada ko‘paytirish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash,  bankdan imtiyozli mikrokreditlar olish va undan samarali foydalanishlariga ko‘maklashish maqsadida respublikamizning barcha hududlaridagi 698 mingdan ziyod xonadonga birma-bir kirib targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘ydi.

Xonadon a’zosiga eslatma!

Bank tomonidan taklif etilayotgan mikrokreditlar 3 yilgacha muddatga imtiyozli foiz  stavkalarida beriladi.

Kredit olish uchun tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishingiz yoki shaxsiy tomorqangizda biznesingizni boshlashingiz mumkin.

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur hujjatlarni to‘plab, bankimizga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.

Kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

–    ariza;
–    biznes-reja (shaxsiy tomorqada biznes boshlamoqchi bo‘lganlardan talab etilmaydi);
–    shaxsiy tomorqasi mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (shaxsiy tomorqada biznesni amalga oshirmoqchi bo‘lganlar uchun);
–    tegishli ta’minot va boshqa hujjatlar.

Kredit olishda quyidagi garov turlaridan birini taqdim etishingiz mumkin:

–    ko‘chmas mulk (noturar bino-inshootlar);
–    yengil yoki yuk tashuvchi avtomobil;
–    asbob-uskunalar;
–    uchinchi shaxs, shu jumladan jismoniy shaxs kafilligi;
–    sug‘urta polisi;
–    boshqalar;

Aholi orasida tadbirkorlik uchun kichik biznes faoliyati turlari ro‘yxati:

1.    Parrandachilik
2.    Baliqchilik
3.    Asalarichilik
4.    Quyonchilik
5.    Chorvachilik
6.    Tikuvchilik
7.    Poyabzal tuzatish ustaxonasi
8.    Sartaroshxona
9.    Atelye
10.     Yarim-tayyor xamir mahsulotlarini ishlab chiqarish
11.     Mebel ishlab chiqarish
12.     Qandolatchilik
13.     Go‘zallik saloni
14.     Maishiy texnika tuzatish xizmati
15.     Kimyoviy tozalash mini shoxobchasi
16.     Kompyuter xizmatlari
17.     Bosmaxona
18.     Fotostudiya shoxobchasi
19.     Manikyur va pedikyur xizmatlari
20.     Kalit yasash shoxobchasi
21.     Hammom
22.     Konserva mahsulotlarini ishlab chiqarish
23.     Limon yetishtirish
24.     O‘quv kurslarini tashkil qilish
25.     Novvoyxona
26.     Umumiy ovqatlanish shoxobchasi
27.     Savdo-sotiq shoxobchasi
28.     Avtomobil moy almashtiruv shoxobchasi
29.     Vulkanizatsiya tashkil qilish
30.     Uy tozalash xizmatlari
31.     Kulolchilik
32.     Suvenerlarni ishlab chiqarish
33.     Duradgorlik
34.     Temirdan panjara, darvoza, to‘siq va boshqalar ishlab chiqarish
35.     Bog‘dorchilik
36.     Dehqonchilik
37.     Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va quritish
38.     Tibbiyot xizmatlari
39.     Charm mahsulotlarini qayta ishlash
40.     To‘y va marosimlarni bezash xizmati
41.     Kushxona tashkil qilish
42.     Taom buyurtmasi xizmati
43.     Zargarlik
44.     Soat tuzatish shoxobchasi
45.     Dezinfeksiya xizmatlari
46.     Elektrik xizmatlari
47.     Santexnik xizmatlari
48.     Boshqalar

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
tel.: (99871)  202-99-99
www.mikrokreditbank.uz

Reklama huquqi asosida

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing