Meksikaning Syudad-Xuares shahrida (Chiaua shtati) ikki boshli go‘dak dunyoga keldi. Uning oilasi bola aks etgan videolavhani internetga joylashtirdi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.

Kadr: “Vesti.ru”

Kadr: “Vesti.ru”

Go‘dak haqida boshqa ma’lumot yo‘q. Shuningdek, uning ota-onasi haqida ham hech qanday axborot berilmayapti.

Shifokorlar mutatsiyaning sabablarini aniq ayta olmayapti. Ular go‘dakka kim sifatida — Siam egizaklari yoki ikki boshli bir kishi — qarashni hozircha bilmayapti.

G‘ayritabiiy go‘dak uzoq yashamadi — u tug‘ilganidan ikki kun o‘tib hayotdan ko‘z yumdi.