Lionel Messining Maserati GranTurismo’si sotuvga qo‘yildi (foto)

Germaniyaning “Mobile.de” saytida bir vaqtlar “Barselona” futbol klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messiga tegishli bo‘lgan, 2012-yilgi namunadagi Maserati GranTurismo MC Stradale sportkari sotuvga qo‘yilgani haqida e’lon paydo bo‘ldi. “Motor” xabariga ko‘ra, avtomobil 119,9 ming yevroga sotilmoqda.

Foto: “Motor.ru”

Foto: “Motor.ru”

Quto.ru”ning aniqlik kiritishicha, avtomobil 46 ming kilometr yo‘l bosgan. Mashinani Germaniyaning Eshborn shahrida joylashgan Tano Neumann Auto Performance avtosalonidan olib ketish mumkin. Sotuvchi mazkur Maserati’dan aynan Messi foydalanganini tasdiqlovchi barcha hujjatlarni taqdim etishga tayyor.

Foto: “Motor.ru”

Foto: “Motor.ru”

Avtomobilning original rangi oq bo‘lib, hozir qizil kontrast elementlar bilan bezatilgan jilosiz qora plyonka bilan qoplangan. Sportkarda unga Messi tomonidan o‘rnatilgan Ispaniya davlat raqam belgilari ham saqlanib qolgan.

Foto: “Motor.ru”

Foto: “Motor.ru”

Kupe 450 ot kuchiga, hajmi 4,7 litrga teng bo‘lgan sakkiz silindrli dvigatel va robotlashtirilgan olti bosqichli MC Race Shift tezlik uzatish qutisi bilan ta’minlangan. Sportkar 4,5 soniyada soatiga 100 kilometrlik tezlikka erishadi va soatiga 303 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi. Modifikatsiya qilingan MC Stradale bazaviy modeldan motorining nisbatan kuchli ekani va vaznining 110 kilogrammga yengilligi bilan farqlanadi.

Foto: “Motor.ru”

Foto: “Motor.ru”

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing