Kamerun armiyasi “Boko Haram”ning yuzga yaqin jangarisi o‘ldirilganini ma’lum qildi

Kamerun armiyasi “Boko Haram” terrorchi guruhining yuzga yaqin jangarisi yo‘q qilinganini hamda ularning qo‘lidagi yuzlab bandilar ozod etilganini ma’lum qildi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Oxirgi bir oy davomida Kamerun armiyasi Nigeriya hamda bir qancha qo‘shni davlatlar qurolli kuchlari bilan hamkorlikda Nigeriya hududidagi jangovar operatsiyalarda ishtirok etdi, bu operatsiyalar davomida yuqoridagi natijalarga erishildi.

Bundan tashqari, Kamerun aloqa vaziri Issa Chiromaning so‘zlariga qaraganda, yana 30 ga yaqin terrorchi qo‘lga olinib, Nigeriya hukumat kuchlariga topshirildi. Portlovchi uskunalar yasovchi bir qancha ustaxonalar, o‘q-dori va oziq-ovqat omborxonalari yo‘q qilindi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing