O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “Istiqlol” san’at saroyida 13 kun davomida jonli ijrodagi konsert dasturini taqdim etadi. Bu haqda taniqli fotosuratchi Shuhrat Usmonov Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: “Darakchi.uz”

Foto: “Darakchi.uz”

Xabar berishlaricha, “Ey aziz inson” deb nomlangan konsert dasturi 11-apreldan 23-aprelga qadar davom etadi.

E’lon qilingan suratlarda 13 kunlik konsert jonli ijroda o‘tkazilishi qayd etilgan. Chiptalar qachondan sotuvga chiqishi noma’lum.

Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda aynan aprel oyida O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning “Istiqlol” san’at saroyida 10 kundan ortiq konsert berishi odat tusiga kirgan edi. Biroq xonanda 2017-yilda konsert bermasligini ma’lum qildi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.