Istanbulda terrorchi haqidagi xabar tufayli metro bekati yopib qo‘yildi

Istanbul metropolitenining “Bag‘jilar” bekati yopib qo‘yildi. Politsiyaga bekatda Reina tungi klubiga hujum uyushtirgan terrorchiga o‘xshagan odam turgani haqidagi xabar yetib kelganidan so‘ng shunday qaror qabul qilindi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Metro bekati va unga yaqin hududlarga katta miqdorda politsiyachilar jo‘natildi. Poyezdlar harakati to‘xtatildi.

Tekshiruvlar davom etmoqda.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing