Chevrolet, BMW, Kia: Detroyt avtosalonida namoyish qilingan 14 yangi avtomobil (fotogalereya)

Motor nashri Detroyt avtosalonida namoyish qilingan 14 yangi avtomobilning suratlarini bir sahifaga jamladi.

Kia Stinger

Foto: Motor

Foto: Motor

Stinger – Kia kompaniyasi tarixidagi eng baquvvat model. Mazkur modelning eng yaxshi varianti 3,3 litrli V6 biturbo motori bilan jihozlangan. Stinger’ning eng tezkor varianti 5,1 soniyada soatiga 100 kilometr tezlashadi.

Mercedes-Benz GLA

Foto: Motor

Foto: Motor

Krossover kuzovining old qismi o‘zgartirilgan. Mashina faralari chiroqli diodlar bilan jihozlandi.

Subaru STI

Foto: Motor

Foto: Motor

Yangilangan sedanning old dzayni o‘zgardi, rulni kuchaytiruvchi moslama qayta sozlandi. STI 205 ot kuchigaa teng 2,5 litrli motor bilan jihozlandi.

Subaru WRX

Foto: Motor

Foto: Motor

WRX modelida dvigatellar o‘zgarmadi. Mazkur model 268 ot kuchiga teng ikki litrli motor bilan jihozlandi.

Volkswagen Tiguan Allspace

Foto: Motor

Foto: Motor

Detroytda Tiguan’ning yetti o‘rindiqli versiyasi debyut qildi. Mashinaning g‘ildirakli asosi 111 millimetrga kattalashdi. Qolgan xarakteristikalar o‘zgarmadi.

Volkswagen Atlas R-Line

Foto: Motor

Foto: Motor

Yetti o‘rindiqli krossover tarkibiga yangi bamper, orqa diffuzor, 20 dyuymli disklar kirgan sport-paket bilan jihozlandi.

Chevrolet Traverse

Foto: Motor

Foto: Motor

Toyota Highlander va Honda Pilot’ga raqobatchi bo‘lgan Traverse’ning yangi avlod saloni avvalgisiga nisbatan kengroq bo‘ldi. Uning g‘ildiraklar asosi 3071 millimetrgacha oshdi.

Ford F-150

Foto: Motor

Foto: Motor

Yangilangan pikap o‘z tarixida birinchi marta dizelli motor bilan jihozlandi. Mashina 3,0 litrli motor va 10 bosqichli avtomatga ega bo‘ldi. Mazkur modelda xavf haqida ogohlantiradigan tizim, Wi-Fi tarmog‘i va B&O Play audiotizimi bo‘ladi.

Lamborghini Aventador S

Foto: Motor

Foto: Motor

Yangi Aventador hajmi 6,5 litrga teng 740 ot kuchiga teng V12 dvigatel bilan jihozlangan. Bunday motor mashinaga 2,9 soniyada soatiga 100 kilometr tezlikni olish imkonini beradi.

Porsche 911 GTS

Foto: Motor

Foto: Motor

GTS’ning yangilangan versiyasi olti silindrli hajmi 3,0 litrga teng dvigatel bilan jihozlangan. Avtomobilning eng tezkor varianti 3,6 soniyada 100 kilometrgacha tezlashadi.

GMC Terrain

Foto: Motor

Foto: Motor

Ikkinchi avlodga mansub GMC Terrain yangi ko‘rinishga ega bo‘ldi, ammo avvalgisidan kichikroq. Uning g‘ildiraklar asosi 132 millimetrga qisqardi.

BMW 5-Series

Foto: Motor

Foto: Motor

Yangi model 100 kilogrammga yengillashdi. BMW 5-Series’ning eng tezkor varianti 462 ot kuchiga teng M550i sakkiz silindrli motor bilan jihozlandi.

Mercedes-Benz E-Class Coupe

Foto: Motor

Foto: Motor

E-Class kupesi avvalgi avlod vakillaridan biroz kattaroq bo‘ldi. Mashina aqlli faralar va boshqa zamonaviy tizimlar bilan jihozlandi.

Genesis G80 Sport

Foto: Motor

Foto: Motor

Genesis G80 Sport 3,3 litrli 365 ot kuchiga teng 6 silindrli biturbo motori bilan jihozlangan.

Nissan Rogue Sport

Foto: Motor

Foto: Motor

Nissan Qashqai krossoveri AQShda Rogue Sport nomi ostida sotiladi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing