BuzzFeed nashri Buyuk Britaniyaning MI-6 razvedkasi sobiq josusi tomonidan tayyorlangan va Rossiya maxsus xizmatlarida AQShning saylangan prezidenti Donald Trampni obro‘sizlantiruvchi ma’lumotlar borligidan dalolat beruvchi hujjatlarni chop etdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda

Foto: AP

Foto: AP

Nashr mazkur hujjatlardagi ma’lumotlarni na tasdiqlashi, na inkor etishini ta’kidlamoqda. Hujjatlar 35 sahifadan iborat. 

Hujjatlarda keltirilishicha, Trampning Rossiyaga tashriflarini tashkillashtirgan manbalardan biri u Moskvadagi “Rits-Karlton” mehmonxonasidagi xonasiga yengiloyoq qizlarni taklif etganini bildirgan. Yana bir manba Tramp Sankt-Peterburgga borganida ham shu kabi ishlar bilan mashg‘ul bo‘lgani, aysh-ishrat kechalarida ishtiroki haqida hikoya qilgan. 

Saylangan prezident Rossiya maxsus xizmatlarida uni obro‘sizlantiruvchi ma’lumotlar borligi haqidagi xabarlarga odatiy tarzda Twitter orqali javob berdi. Donald Tramp bu kabi xabarlarni “uydirma” va “yalmog‘izlarga siyosiy ov” deb atadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.