Turkiya poytaxtidagi Rossiya elchixonasi joylashgan ko‘cha Andrey Karlov sharafiga qayta nomlandi

Anqarada Rossiya elchixonasi joylashgan Qoryog‘di ko‘chasi terakt oqibatida o‘ldirilgan elchi Andrey Karlov sharafiga qayta nomlandi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: Huseyn Hayatsever

Foto: Huseyn Hayatsever

Anadolu agentligiga ko‘ra, bu haqdagi qaror Anqara shahar munitsipaliteti yig‘ilishida bir ovozdan qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Andrey Karlov o‘tgan yil 19-dekabrida, “Rossiya turklar nigohida” ko‘rgazmasining ochilish marosimida otib o‘ldirilgandi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing