Qiziqchi Avaz Oxun o‘g‘il farzandli bo‘ldi

Qiziqchi Avaz Oxun ikkinchi marta ota bo‘ldi. Bu haqda uning hamkasbi, taniqli so‘z ustasi Zokir Ochildiyev Instagram’dagi sahifasida 10-yanvar, seshanba kuni ma’lum qildi.

Foto: Instagram / @_zokirochildiyev_/

Foto: Instagram / @_zokirochildiyev_/

Ma’lum qilishlaricha, chaqaloqqa Abdulloh deb ism qo‘yilgan.

Ukamiz Avaz Oxun o‘zi yosh bolaga o‘xshagani bilan, yana bir farzandli bo‘ldi. O‘g‘li Abdullohning umri uzoq, rizqi butun, qadami qutlug‘ bo‘lsin! Avazbekning yaqin qadrdonlariga yangi mehmon muborak bo‘lsin!

Zokir Ochildiyev, taniqli so‘z ustasi

Ma’lumot uchun, Avaz Oxunning bungacha bir qizi bor edi.

Barcha yaqinlarim, san’atkor do‘stlarim, muxlislarimiz yangi mehmon bilan tabriklamoqda, tinimsiz qo‘ng‘iroqlar bo‘lyapti. Tadbirlarda yurganim bois, ko‘plab sms va qo‘ng‘iqroqlarga javob bera olmayapman. Meni chin dildan tabriklagan barcha do‘stlarimga o‘zimning minnatdorchiligimni bildirib qolaman

Avaz Oxun, qiziqchi

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing