10-yanvarning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

Foto: Meduza

Foto: Meduza

1. Donald Tramp kuyovini o‘zining katta maslahatchisi etib tayinladi. Trampning kuyovi developerlik kompaniyasini boshqaradi, New York Observer gazetasi egasi hisoblanadi.

2. Venesuela parlamenti prezident Maduroni o‘z lavozimini tark etgan deb e’lon qildi. Biroq Venesuela sudi parlament prezidentni lavozimidan bo‘shata olmasligini ma’lum qildi.

3. Chekish dunyo iqtisodiyotiga yiliga bir trillion dollar zarar keltirayotgani ma’lum qilindi. Tadqiqotchilarga ko‘ra, odamlar orasida kashandalar ulushi kamayganiga qaramay, dunyo ko‘lamida tamaki iste’molchilari soni oshib bormoqda.

4. Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatida 48 ta terma jamoa ishtirok etishi rasman tasdiqlandi. Osiyoga 8,5 ta yo‘llanma beriladi.

5. iPhone’lar paydo bo‘lgunicha qanday yashaganmiz? Gif-suratlar orqali tushuntiramiz.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.