Bunga ishonish qiyin, biroq bundan 10 yil avval — 2007-yilning 9-yanvar kuni Stiv Jobs jahon ahliga birinchi iPhone’ni ko‘rsatgan edi. 10 yil-a! Vaholanki, hammasi xuddi kecha bo‘lgandek. Yana bir narsaga ham aql bovar qilmaydi — smartfonlarsiz dunyoni ko‘rmagan butun bir avlod tug‘ilib, qariyb voyaga yetib bo‘ldi.

Meduza nashri iPhone’lar davrigacha hayotimiz qanday bo‘lganini yodga oldi. Bu haqda hali farzandlaringizga ham aytib bersangiz bo‘ladi.

Eng asosiysi — odamlar ekranga qaramasdi. Qahvaxonada ham odamlar bir-biri bilan yuzma-yuz muloqot qilardi. Ta’tilda ham. Hatto tug‘ilgan kun oqshomlarida ham! Doimiy ravishda.

ZFNHm5BNWY1OUcUEwH0kTg

Konsertlarga borsangiz, yuzlab ekranchalar sahnani tomosha qilishga xalal bermasdi.

7gtBMsJbk60krObbgFAesA

Qandaydir chiroyli narsani ko‘rib qolsangiz, uni Instagram’da ko‘rsatish uchun telefonni qo‘lga olmasdingiz. Chunki Instagram’ning o‘zi yo‘q edi, telefonda olingan suratlarni esa surat deyishga til bormasdi.

L706bvYE7rKzCC6fBMh8OA

Aytmoqchi, ijtimoiy tarmoqlar ham deyarli yo‘q edi (Facebook bo‘lgan, lekin u haqda O‘zbekistonda hech kim deyarli hech narsa bilmasdi), bo‘lganlaridan ham faqat kompyuterlar orqali foydalanilar edi. Odamlar asosan SMS’lar vositasida muloqot qilardi. Ha, ICQ ham bor edi.

3RZjJ0LspMRsr5yMj8uSoQ

Taksi masalasida ham yetarlicha muammolar bor edi. Birinchidan, taksilarning o‘zi ham deyarli yo‘q edi. Taksiga mobil dasturlar orqali buyurtma bera olmasdingiz, chunki mobil dasturlarning o‘zi bo‘lmagan. Siz yo‘lga chiqib, kirakashni to‘xtatardingiz va unga yo‘l ko‘rsatib ketardingiz. Chunki navigatorlar ham yo‘q edi!

FKdIH7KScN4jGiOrRAYqpA

Mobil banklar yo‘q edi. Shu sababli hamma navbatda turardi. Pulni tezda kimgadir o‘tkazib berish kerakmi? “Naqd puldan oling!”, — degan zamonlar...

f9nh6cDKfEDMEGMt1a0Bhg

Ha-ya, selfi ham yo‘q edi. Uning yo‘qligi hatto yaxshilikka bo‘lgan, shekilli.

Lekin fotoapparatlar bor edi. Yana, mp3-pleyerlar ham. Hayotning har bir lahzasi uchun alohida bir gadjet ko‘zda tutilgan edi.

Apple Music singari striming-xizmatlari umuman yo‘q edi. Chunki mobil internet deyarli ishlamasdi.

LB_cR6zqyHLFU5pRRV53DA

Hozir biz hammamiz sevib o‘ynaydigan o‘yinlar ham yo‘q edi. Angry Birds, Temple Run, Fruit Ninja, “2048” — bularning bari iPhone’dan keyin paydo bo‘lgan. Ularning o‘rniga Nokia telefonlarida “Ilon izi” bor edi.

d8Jl6D2YsaoZwX-LIUgRlA

Bilasizmi, yana nima bo‘lmagan? Quvvatlantiruvchi qurilmalar (zaryadkalar). Yo‘q, ular bo‘lgan, albatta. Lekin hozirgidek muhim ahamiyatga ega emas edi — chunki telefonlar bir necha kunlab ishlayverar va ularning quvvati tugamasdi. Bilasizmi nimaga? Chunki telefonlardan faqat qo‘ng‘iroqlar va SMS’lar uchun foydalanilardi!

SMS’lar haqida. Agar siz lotin yozuvida “non” deb yozishingiz kerak bo‘lsa, olti raqamini avvaliga ikki marta bosishingiz, bir soniya kutib turib yana uch marta bosishingiz, yana bir soniya kutib turib, endi yana ikki marta bosishingiz kerak bo‘lardi (shu so‘zni kirill yozuvida yozmoqchi bo‘lsangiz, aytilgan amallarni oltining o‘rniga besh raqami bilan qilasiz). Chunki barcha harflar 10 raqam tugmasiga kiritilgan edi.

Aytgancha, iPhone’lar davridan avval “Daryo” ham bo‘lmagan. Lekin Stiv Jobs hayot edi.

Foto: Meduza

Foto: Meduza

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.