AQSh Federal qidiruv byurosi Volkswagen avtokonserni top-menejeri Oliver Shmidtni “dizel mojarosi”ga aloqadorlikda gumon qilib qo‘lga oldi. Bu haqda, The New York Times manbalariga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Shmidt 2014–2015-yillarda Volkswagen’ning AQSh filiali muhandislik va ekologiya bo‘limiga boshchilik qilib kelayotgan edi.
U 7-yanvar kuni Floridada qo‘lga olindi va yaqinda Detroytga o‘tkaziladi. U yerda Shmidtga nisbatan AQSh hukumatini aldash yo‘lida jinoiy til biriktirish ayblovi ilgari suriladi.
Izoh (0)