Xitoyda kichik hajmli samolyotning qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, “Sinxua” agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Voqea Lyaonin provinsiyasida ro‘y berdi. Mashg‘ulot o‘tkazayotgan samolyot xususiy uchish akademiyasiga tegishli bo‘lib, parvoz boshidan bir necha daqiqa o‘tib Sayxu aeroporit hududiga quladi.
Voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)