Nigeriya, Syerra-Leone va Liberiya prezidentlari Muhammadu Buxoriy, Ellen Ernest va Koroma Jonson-Serlif 11-yanvar kuni Gambiya prezidenti Yayya Jamme bilan uchrashib, uni mansabni tark etishga ko‘ndirishga urinib ko‘radi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Nigeriya tashqi ishlar vaziri Jefri Onyeamaning so‘zlariga qaraganda, Jamme boshqaruvni qonuniy saylangan prezident — Adama Barrouga topshirishi uchun tilga olingan rahbarlar qo‘lidan kelgan ishni qiladi.
Gambiyani 1994-yildan beri boshqarib kelayotgan Yayya Jamme 1-dekabrda bo‘lib o‘tgan prezident saylovida 36,7 foiz, uning muxolifatchi raqibi Adama Barrou esa 45,5 foiz ovoz oldi. 3-dekabrda Jamme mag‘lubiyatini tan oldi, biroq bir haftadan so‘ng saylov komissiyasidagi “yo‘l qo‘yib bo‘lmas kamchiliklar”ni ro‘kach qilib, yangi saylovlar o‘tkazishga chaqirdi.
Izoh (0)