AQShning Kanzas shtatida yashovchi oila ikki yil avval oyog‘i sinib, odamlar yoniga kelgan bug‘uni boqib oldi, deb yozadi TJournal.
Bu haqda xabar topgan tabiatni muhofaza qilish inspektorlari oilaga bug‘uni uy hayvoni sifatida boqishga litsenziya olish uchun 40 kun muhlat berdi. Biroq Kanzas qonunchiligi bug‘uni uy hayvoni sifatida saqlashni ko‘zda tutmaydi. Shu sababli oila litsenziya olishga erisha olmadi.
Shunda inspektorlar bug‘uni ularning uyi oldida otib tashladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)