AQSh harbiy-dengiz kuchlari eskadrilya mina tashuvchisi Ormuz bo‘g‘ozida Eron katerlariga qarata ogohlantiruvchi o‘t ochdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Voqea 8-yanvar kuni ro‘y berdi. Agentlikning bildirishicha, noma’lum jangarilarning to‘rt kateri katta tezlikda Mahan harbiy kemasiga yaqinlashayotgan edi. Mahan AQSh kemalarini kuzatib borayotgan edi.
Katerlar mina tashuvchiga 800 metrga yaqinlashganida ogohlantiruvchi o‘t ochildi. Katerlar AQSh harbiy vertolyotidan tashlangan tutunli signallarga e’tibor bermadi. Mina tashuvchi jami uch marta o‘q uzdi.
Izoh (0)