Eronning sobiq prezidenti Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniy 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Bir muddat ilgari sobiq Eron yetakchisi yuragidagi muammolar tufayli shifoxonaga tushib qolgani ma’lum bo‘lgan edi.
Rafsanjoniy 1989–1997-yillarda mamlakat prezidenti lavozimini egallagan edi. U nufuzli siyosatchi bo‘lib, siyosatdan ketganidan keyin ham obro‘yini va mashhurligini saqlab qoldi. U Eronning amaldagi prezidenti Hasan Ruhoniyni qo‘llab-quvvatlar edi.
Izoh (0)