Ijtimoiy tarmoqlarda katolik cherkovi rahbari qo‘lida old kamerasiga nakleyka yopishtirib qo‘yilgan iPad’ni ushlab turgan surat ommalasha boshladi. Bu haqda Mashable ma’lum qildi, deb yozadi TJournal.
Katolik cherkovi rahbarining gadjet bilan tushgan surati dastlab Vatikan gazetalarida paydo bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari planshet uchun maxsus, Vatikan gerbi surati tushirilgan nakleykadan foydalanilganligiga e’tibor qaratdi.
Rim papasining kamerasi xavfsizlik nuqtai nazaridan, xakerlar masofadan turib kamerani boshqara olmasligi va Fransisk xabardor bo‘lmagan vaziyatlarda surat va video olmasligi uchun to‘sib qo‘yilganligi taxmin qilinmoqda.
Avvalroq xuddi shunday usul bilan Mark Sukerberg ham o‘z kompyuterini himoya qilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.