O‘zbekistonda to‘rtta farmatsevtika sanoati zonasini (FSZ) yaratish taklif etilmoqda. Bu haqdagi Prezident farmoni loyihasi normativ-huquqiy aktlar muhokamasi portalida chop etildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Qaror mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashning zamonaviy ishlab chiqarish obyektlarini yaratishga xorijiy va mahalliy investitsiya mablag‘larini jalb qilish, yuqori qo‘shimcha qiymatli farmatsevtika mahsulotlarini chiqarish, shuningdek, ish o‘rinlari yaratish hamda aholi daromadlarini ko‘paytirishga qaratilgan.
Hujjat quyidagi farmatsevtika zonalarining yaratilishini ko‘zda tutadi: Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida “Boysun-farm”, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida “Bo‘stonliq-farm”, Jizzax viloyatining Zomin tumanida “Zomin-farm” va Sirdaryo viloyatining shu nomli tumanida “Sirdaryo-farm” sanoat zonalari.
Sanoat zonalarning faoliyat muxlati 30 yilni tashkil etadi. Bu vaqtni uzaytirish imkoniyati saqlab qolinadi. Bu vaqt ichida farmatsevtika sanoati zonalarida investitsiyalar hajmiga qarab 3–10 yillik alohida soliq va bojxona imtiyozlari amal qiladi.
Izoh (0)