• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Respublikasi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda boj-tarif omili ahamiyati

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzurida Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) tashkil etilishi bilan dunyo aholisining oziq-ovqat tanqisligi masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

    Foto: The Iran Project

    Foto: The Iran Project

    Xususan, BMT tashabbusi bilan1996-yilda “Butunjahon oziq-ovqat xavfsizligi Rim deklaratsiyasi” hamda 2000-yilda “Mingyillik deklaratsiyasi” qabul qilinib, unga ko‘ra, to‘yib ovqatlanmaydigan jahon aholisi sonini 2015-yilga borib ikki barobarga qisqartirish nazarda tutilgan. FAO’ning statistik ma’lumotlariga ko‘ra, istiqbolni o‘ylab qilingan chora-tadbirlar natijasida to‘yib ovqatlanmayotgan jahon aholisi 1991-yilda 1010,7 million kishini tashkil qilgan bo‘lsa, 2000-yilda 924,3 million (1991-yilga nisbatan 9 foizga kam), 2010-yilda 838 million (1991-yilga nisbatan 17 foizga kam) va 2015-yilda 792,5 million kishini tashkil etgan (1991-yilga nisbatan 22 foizga kam). Ya’ni oxirgi 25 yil mobaynida ushbu ko‘rsatkich tushib borish tendensiyasi kuzatilmoqda.

    Bu borada O‘zbekiston Respublikasida ham aholi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq iqtisodiy islohotlarni samarali olib borilayotganligi bois, Economist Intelligence Unit kompaniyasi tomonidan har ikki yilda o‘tkaziladigan “Dunyo davlatlarining oziq-ovqat xavfsizligi” xalqaro reytingida O‘zbekistonning o‘rni yildan-yilga yuqorilab borayotganligini ko‘rsatmoqda. Jumladan, ushbu kompaniyaning 2014-yildagi reytingida O‘zbekiston 73-pog‘onani egallagan bo‘lsa, 2016-yilda bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat 64-pog‘onani egallab, 2014-yilga nisbatan to‘qqiz pog‘ona yuqoriga ko‘tarilgan.

    Bundan tashqari, respublika oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashni tartibga solish bo‘yicha bugungi kunga kelib o‘ndan ortiq me’yoriy-xuquqiy hujjatlar qabul qilingan.

    Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-martdagi “Iste’mol tovarlari importini boj-tariflari orqali tartibga solishni takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1496-sonli (ushbu qaror asosida ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida respublikaga import qilinayotgan ayrim iste’mol tovarlariga nisbatan aksiz solig‘ini joriy qilish belgilangan) hamda 2009-yil 23-yanvardagi “Oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarilishini kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1047-sonli qarorlarini (ushbu qaror asosida respublika aholisi uchun 2009-yilda oziq-ovqat mahsulotlari eng muhim turlarini ishlab chiqarishning asosiy parametrlari belgilab berilgan) ko‘rsatish mumkin.

    Shunga qaramasdan, bugungi kunda respublika aholisining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda oziq-ovqat mahsulotlari importini boj-tarif orqali tartibga solish bilan bog‘liq bir-qancha muammolar saqlanib qolmoqda. Xususan,

    - ichki bozorni himoya qilish va davlat budjetining daromadlar qismini to‘ldirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilishi va oziq-ovqat tovarlari importiga nisbatan boj stavkalarini yuqori qo‘yilganligi natijasida aholining to‘lov qobiliyatiga salbiy ta’sir o‘tkazayotganligi;

    - respublikaga import qilinayotgan oziq-ovqat tovarlari tarkibida sifatsiz mahsulotlarning kirib kelayotganligini (energetik ichimliklar, tarkibida ximikat miqdori bo‘lgan mahsulotlar va b.) ta’kidlash mumkin.

    Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda xalqaro reytinglarda yuqori natijalarga erishayotgan Germaniya Federatsiyasi (2016-yilgi reytingda 8-pog‘onani egallagan) tajribasi o‘rganilganda, ushbu davlat o‘zining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda asosiy e’tiborini iste’molchilar huquqini himoya qilish (uchta yo‘nalish belgilangan: sog‘liqni saqlash, iste’molchilarni aldanishdan himoya qilish va jamoatchilikni axborot bilan ta’minlash), oziq-ovqat mahsulotlarining ekologik xavfsizligini ta’minlash va atrof muhitni himoya qilishga qaratgan. Shuningdek, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida Germaniya FAO, “Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan, bundan tashqari, Germaniya hududida ekokorxonalar (1995-yildan 2014-yilga qadar Germaniyada ekokorxonlarning soni 6,6 mingdan 23 mingtagacha ko‘paygan) tashkil qilingan.

    Yuqorida keltirib o‘tilgan muammolarni bartaraf qilish, aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli miqdorda ta’minlash maqsadida, quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

    birinchidan, aholining birlamchi ehtiyojidagi oziq-ovqat tovarlariga (un, yog‘, shakar va b.) nisbatan qo‘yilayogan boj stavkalarini aholining to‘lov qobiliyatini hisobga olgan holda belgilash;

    ikkinchidan, aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda import qilinayotgan mahsulotlarning sifat darajasiga e’tibor qaratish, bunda aholi salomatligiga jiddiy ta’sir qiladigan tovarlarga nisbatan bojxona to‘lovlari stavkasini oshirish yoki importni cheklash (kvotalash) hamda Germaniya tajribasidan kelib chiqib, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish lozim bo‘ladi.

    Dunyo aholisining o‘sib borish tendensiyasi kuzatilayotgan bir paytda, ularning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro tashkilotlar (FAO, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va b.), shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. Kelgusida bu boradagi chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirish aholining barcha qatlamlarini sifatli, arzon va yetarli darajada oziq-ovqat tovarlari bilan ta’minlashga olib keladi.

    Mustaqil tadqiqotchi 

    V. R. Matyoqubov

    06.01.2017, 23:08   Izoh (0)   10395
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    MOQ prezidentligidan ketgan Mirabror Usmonov, “Mahalla”ning yangi raisi, Erdo‘g‘onni tanqid qilgani uchun hibsga olingan kanadalik va kunning boshqa muhim xabarlar...

    06.01.2017, 19:01

    Toshkentda “Fransiyada oliy ta’lim olishga bag‘ishlangan kun” bo‘lib o‘tadi

    06.01.2017, 16:19

    Shavkat Javlonov O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi etib tasdiqlandi

    06.01.2017, 15:09

    Prezidentning murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

    06.01.2017, 10:08

    Uchtepa tumaniga yangi hokim tayinlandi

    06.01.2017, 09:57

    Namanganlik ayolning virtual qabulxonaga murojaati natijasida 10 yoshli qizining hayoti saqlab qolindi

    06.01.2017, 09:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vengriya rahbari Yevropa Ittifoqining Ukraina uchun 100 mlrd yevrolik byudjetini bloklash bilan tahdid qildi

    Dunyo | 20 iyul, 14:10

    O‘zbekistonda tazyiq va zo‘ravonlik sodir etganlar psixokorreksiyadan o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 13:40

    “Bosqinni hech qachon tan olmang”. Ozarbayjon prezidenti Ukraina yaxlitligini tiklash bo‘yicha tavsiyalar berdi

    Dunyo | 20 iyul, 13:10

    Ukraina Avstraliyadan Abrams tanklarining dastlabki partiyasini oldi

    Dunyo | 20 iyul, 12:40

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati qanchaga ko‘tarilishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 12:10

    Rossiyada Mudofaa vazirligining yuqori martabali rasmiysi 6 yilga qamaldi

    Dunyo | 20 iyul, 11:40

    Navoiyni zararli tutun qopladi (video)

    O‘zbekiston | 20 iyul, 11:10

    Dastin Porye faoliyatidagi so‘nggi jangida Maks Holloueyga yutqazdi

    UFC | 20 iyul, 10:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.