Eli Electric Vehicles Xitoy startapi Renault Twizy va Smart ForTwo’ga raqobatchi bo‘la oladigan ZERO elektromobilini ishlab chiqdi, deb xabar bermoqda Motor.
Avtomobil debyuti Las-Vegasdagi elektronika iste’molchilari ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tadi. Eli ZERO elektromobili Renault Twizy’dan farqli o‘laroq oynali eshiklar bilan jihozlangan.
O‘rindiqlar joylashuvi ham bir-biridan farq qiladi. Xitoy elektrokarining texnik imkoniyatlari haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q.
Xitoyliklar katta avtokonsernlarga raqobat qilishda davom etmoqda. Avvalroq Xitoy–AQSh startapi Lucid Motors kompaniyasi Tesla Model S rusumli elektromobilga raqobatchi bo‘ladigan Air nomli elektromobilni namoyish etgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.