O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi xizmatni yo‘lga qo‘ydi. Ushbu xizmat matbaa korxonalarini onlayn tarzda ro‘yxatga olishda yordam berishi ko‘zlangan, deb xabar beradi UzReport.
“Matbaa (poligrafiya) korxonalarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yish uchun ariza yuborish” nomli xizmat ham yuridik shaxslar, ham yakka tartibdagi tadbirkorlar (jismoniy shaxslar) uchun mo‘ljallangan.
Murojaat qiluvchi sahifada keltirilgan shaklni to‘ldirib, unga zarur hujjatlarni ilova qilishi lozim. Matbaa korxonalarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yish uchun davlat boji undiriladi.
15 kun muxlat ichida matbaa korxonasining ro‘yxatga olinganligi haqidagi guvohnomaning berilishi yoki rad javobi xizmatning natijasi hisoblanadi.