Xitoylik bir guruh olimlar olov va suvga chidamli qog‘oz yaratdi. Yangi material o‘z tavsiflariga ko‘ra jahonda muqobillarga ega emas, deb xabar beradi “TASS”.
Qog‘oz Xitoy Fanlar akademiyasi qoshidagi Shanxay keramika instituti professori Chju Insze boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan ishlab chiqildi. Ular o‘z kashfiyotlari uchun patent olish maqsadida Xitoyning tegishli tashkilotiga murojaat yo‘lladi.
Ushbu noorganik qog‘oz elastik, mustahkam bo‘lib, ekstremal sharoitlarda ham mexanik zarar ko‘rmaydi. Yangi material Selsiy bo‘yicha 200 daraja haroratga dosh bera oladi. O‘z strukturasi tufayli qog‘oz hatto mexanik zarar ko‘rgan taqdirda ham suvni o‘zidan qochiradi. Unda sut, qahva, sharbat va choy izi qolmaydi.
Izoh (0)