Birlashgan Arab Amirliklari hukumati hayvonlarni saqlash qoidalarini keskinlashtirdi va fuqarolarga uyda yovvoyi hayvonlarni saqlashni taqiqladi. Bu haqda Zawya nashri ma’lum qildi.
Endilikda qoplon, sher, gepard va boshqa ekzotik hayvonlarni faqat hayvonot bog‘i va ilmiy markazlarda saqlash mumkin. Agar oddiy fuqaro bunday hayvonlarga egalik qilsa, u holda unga nisbatan 136 ming dollar jarima xavf soladi.
Hayvonlarga odamlarni talatish uch yildan yetti yilgacha qamoq jazosi bilan, agar hujum oqibatida uning qurboni halok bo‘lsa, hayvonning egasi umrbod qamoq jazosi bilan jazolanishi mumkin.
Yangi qonun oddiy uy hayvonlari, masalan, itni saqlash qoidalarini ham o‘zgartiradi. Hukumat tasdiqlagan qoidaga ko‘ra, har bir it uchun alohida ruxsatnoma olish talab etiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)