“Sports.uz” nashri “Manchester Yunayted” jamoasi futbolchilari mashg‘ulotlarga qanday mashinalarda kelishi haqida ma’lumot berdi. Jamoa futbolchilari orasida qimmatbaho mashinalarni yoqtiradiganlari talaygina. Lekin jahon darajasidagi ayrim yulduzlar oddiy mashinalarni tanlagani muxlislarni hayratga solmoqda.
Genrix Mxitaryan
Maydondagi tezkor harakatlari bilan muxlislarni xursand qilayotgan Genrix Mxitaryan bosh murabbiy Joze Mourinoning mashg‘ulotlariga kech qolmaslik uchun o‘ta tezkor Lamborghini’da keladi.Zlatan Ibrahimovich
Haftasiga 220 ming funt topayotgan shvetsiyalik Zlatan Ibrahimovich o‘z vatanida ishlab chiqariladigan oddiy va o‘ta ishonchli, narxi futbolchining qariyb bir kunlik maoshiga teng – 32 ming funt turadigan Volvo mashinasida yuradi.Mateo Darmian
Mateo Darmian ham hashamatga yo‘qroq. U 30 ming funtga baholanayotgan Jeep Wrangler yo‘ltanlamasida yurishni xush ko‘radi.Bastian Shvaynshtayger
“Manchester Yunayted”da ishlari yurishmayotgan Bastian Shvaynshtayger mashg‘ulotlarga oddiygina Mini Cooper’ni minib keladi.Serxio Romero
Mankunianlarning zaxiradagi posboni Serxio Romero arzon va oddiy mashina Fiat 500 sohibi sanaladi.Fil Jons
Angliyalik himoyachi eng qimmatbaho mashinalardan biri – Bentley’ni sotib olgan.Ueyn Runi
Keyingi yillarda tezligi sezilarli darajada pasaygan “MYu” sardori Ueyn Runi bu kamchilikni bartaraf etish maqsadida tezkor mashinalardan hisoblangan BMW i8 rusumli avtomobilni haydaydi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)