Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-oktabrdagi “2017–2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi “G‘urjak-1” massivida 32 oilaga mo‘ljallangan ikki qavatli va maydoni ikki sotix bo‘lgan 10 ta bir qavatli alohida uy-joy foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda qishloq joylarda qurilayotgan namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy massivlar mamlakat qiyofasini tubdan o‘zgartirib, aholi turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.
Yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha “Qishloq qurilish bank”ning Surxondaryo viloyati filiali kredit mablag‘i evaziga barpo etilgan 42 uyning kaliti xonadon egalariga topshirildi.
Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida Surxondaryo viloyatida yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha 608 ikki va uch qavatli uylar, ikki, to‘rt va olti sotixli 3-4 xonali 401 uy-joy qurilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)