Buxoro viloyati Jondor tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tez tibbiy yordam bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tez tibbiy yordam bo‘limi qurilishiga 1,2 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Bu yerda shifokor va hamshiralarning samarali faoliyat yuritishi uchun barcha sharoit yaratilgan. 160 mingdan ziyod aholiga xizmat ko‘rsatadigan bo‘limga “Salomatlik-3” loyihasi doirasida zamonaviy Nissan rusumli reanimobil avtomobillari ham topshirildi.
Izoh (0)